• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jahon matbuoti sharhi: qisqacha aytganda, butun dunyo Tramp haqida yozmoqda

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi. Oxirgi voqealar fonida butun dunyo Tramp, Sulaymoniy va AQSh – Eron mojarosi haqida gapirmoqda. Shu bois bu hafta sharhi to‘laligicha shu mavzuga bag‘ishlanadi.

    Tushunib bo‘lmas Tramp

    Yangi yilning ilk kunlarida AQSh va Eron o‘rtasida yuzaga kelgan ixtilof ayrim jihatlari bilan 1962-yilda yuz bergan Karib inqirozini eslatmoqda, deb yozadi Sydostran nashri.

    O‘sha paytlarda dunyo dahshatli urush yoqasiga kelib qolgan bo‘lsa-da, na AQSh prezidenti Jon Kennedi, na Sovet Ittifoqi rahbari Nikita Xrushchyov to‘laqonli urush bo‘lishini istamagan edi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Nihoyada Xrushchyov kemalarini to‘xtatgan, inqirozga barham berilgan edi. Muzokaralar boshlanib, Oq Uy va Kreml rahbariyati o‘rtasida telefon aloqalari o‘rnatilgan edi. Buyuk davlatlar navbatdagi urushga yo‘l qo‘ymasligi ravshan edi. Bu voqealar sovuq urush davrida yuz bergan edi.

    Bugun dunyo hamjamiyati Yaqin Sharqda mintaqaviy urushga guvoh bo‘lib turibdi va bu ommaviy qarama-qarshilikka aylanib ketishi mumkin. Dunyo hamjamiyati AQSh va Eronni o‘zaro kelishuvga chorladi va bunga erishdi ham.

    Amerikaliklar Eron generali Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgach, eronliklar qasd olish maqsadida Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga zarba yo‘lladi. Hech kim jabr ko‘rmadi. Aksar siyosiy tahlilchilar buni Eron hukumatining nizoni chuqurlashtirmaslik uchun bergan ishorasidir deb qabul qildi. Prezident Tramp Eron yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. Chorshnba kuni Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida “Barchasi yaxshi!” deb post qoldirdi.

    All is well! Missiles launched from Iran at two military bases located in Iraq. Assessment of casualties & damages taking place now. So far, so good! We have the most powerful and well equipped military anywhere in the world, by far! I will be making a statement tomorrow morning.

    — Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 8, 2020

    Bu o‘ta mujmal postlardan biri edi. Qolaversa, Tramp NATO davlatlarini AQShni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

    Jahon jamoatchiligini Trampning keyingi qadami qanday bo‘lishi ko‘proq tashvishga solmoqda. Yaqin Sharqda Tramp qanday strategiyani amalga oshirmoqchi ekani ham dunyo jamoatchiligida ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Kongressning vakillar palatasi Trampga qarshi impichment tayyorladi. Impichment masalasida amerikaliklar ikki guruhga bo‘lingan.

    Qudratli davlatga rahbarlik qilish – o‘ta mas’uliyatli vazifa. Erondagi diniy diktatura ham tinchlik va xavfsizlikka tahdid qilmoqda. Buni ham hisobga olish kerak. Tehron rejimi xalqiga butun dunyoga va AQShga nafrat bilan qarash g‘oyasini singdirmoqda.

    Eronliklar Xomanaiy rejimini qo‘llab-quvvatlashi ham, Tramp bu yilgi saylovda g‘alaba qozonishi ham noma’lum. Tramp Tehron rejimidan qurolli kuch yordamida xalos bo‘laman deb o‘ylayotgan bo‘lsa, bu siyosiy avantyuradir. Eronga nisbatan qat’iy iqtisodiy jazo choralari davom etadi. Yaqin Sharqdagi vaziyat esa keskinligicha qoladi.

    Putin va Sidan-da hurmatsizroq bo‘lgan Tramp

    Pew Research siyosiy tadqiqotlar markazining yangi ijtimoiy so‘rovlari natijasiga ko‘ra, prezident Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinga nisbatan kamroq hurmatga ega, deb yozadi Britaniyaning The Independent nashri. Statistlarning qayd etishicha, Trampning rahbar sifatidagi reytingi dunyo miqyosida rekord darajada pastlab ketgan. So‘rov ishtirokchilarining 64 foizi Tramp xalqaro munosabatlarda to‘g‘ri yo‘l tutmayapti degan fikrda.

    Dunyo miqyosida olib borilgan so‘rov natijalarida ishtirok etganlardan Trampga qanchalik ishonishi so‘ralganda ko‘pchilik unga umuman ishonmasligini aytgan.

    Dunyoning besh rahbari orasidan eng yuqori bahoni Germaniya kansleri Angela Merkel eng yuqori baho olgan. So‘rov ishtirokchilarining 46 foizi unga ishonishini aytgan.

    Donald Tramp esa beshtalikning eng so‘nggi pog‘onasidan o‘rin olgan.

    So‘rovda ishtirok etganlarning ko‘pchiligi Putinga (57 foiz), Xitoy rahbari Siga (43 foiz) ishonmasligiga qaramay, Trampdan norozilar 64 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, eng past ko‘rsatkichlar Meksika rahbari (8 foiz), Turkiya rahbari (11 foiz), Tunis rahbari (12 foiz) va Germaniya rahbari (13 foiz) tomonidan qayd etildi.

    So‘rov 2019-yilning may oyidan noyabr oyiga qadar o‘tkazildi. Dekabr oyida NATO sammitida chiqish qilganidan so‘ng Tramp shoshilinch sammitni tark etdi. Bu dunyo rahbarlari Tramp ustidan kulayotgani aks etgan videodan so‘ng yuz berdi. So‘rovda Trampga nisbatan impichment masalasi va Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi ham inobatga olinmagan.

    So‘rov natijalarida AQShga nisbatan ijobiy munosabat qayd qilingan bo‘lsa-da, AQSh prezidenti va uning siyosati borasidagi ko‘rsatkichlar butunlay boshqacha aks etgan.

    Populistik harakatlar avj olgan mamlakatlarda o‘ng kayfiyatdagilar Tramp siyosatini yoqlashga moyillik bildirgan bo‘lsa, so‘l kayfiyatdagilar, aksincha, tanqidiy munosabat bildirgan.

    So‘rov natijalarida keskin farq Isroilda kuzatildi. Isroildagi o‘nglar va so‘llar Trampni ma’qullashda 50 foizlik farqni ko‘rsatgan. Umumiy manzarada isroilliklarning 94 foizi AQShga ijobiy baho bergan bo‘lsa, 37 foiz isroillik arablar unga salbiy munosabatda ekanini bildirdi.

    AQShga nisbatan eng yaxshi munosabat Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kuzatildi. 79 foiz polyaklar, 70 foiz litvaliklar va 66 foiz vengrlar unga ijobiy munosabatda ekan.

    Niderlandiyada 46 foiz, Shvetsiyada 45 foiz, Germaniyada 39 foiz aholi Amerikani ma’qullamasligini bildirdi.

    Trampning bojlar, immigratsiya, Meksika chegarasidagi devor masalasi, Parij iqlim paktidan chiqish borasidagi qarorlari unga bildirilgan ishonchsizlikni ifodalagan. So‘rov ishtirokchilarining 52 foizi AQSh Eron bilan bilan yadro bitimidan chiqishini ma’qullamagan bo‘lsa, 29 foiz respondent bu bitimdan chiqishni ma’qul deb topdi. Yaqin Sharqdagi so‘rov natijalari (66 foiz) AQSh bitimdan chiqishini ma’qul qaror deb topmadi.

    So‘rovda ishtirok etganlarning aksari AQSh dunyodagi gegemonligini Xitoyga berib qo‘ymoqda, mamlakat ichki ishlariga o‘ralashib qolmoqda deb hisoblashini ko‘rsatdi.

    Respondentlar nazarida, Amerika endilikda jahon jandarmi emas, faqat o‘zini o‘ylayotgan davlat sifatida e’tirof etilmoqda.

    NATO Yaqin Sharq hisobiga kengaymoqchi

    Payshanba kuni Donald Tramp NATO a’zo davlatlari safini Yaqin Sharq mamlakatlarini qo‘shib olish taklifini berdi va bu taklif AQSh – Eron o‘rtasidagi keskinlik sodir bo‘lib turganda yangradi, deb yozadi The Politico nashri.

    Oq Uy rahbari mazkur fikrni NATO rahbari Yens Stoltenberg bilan telefon muloqotidan so‘ng NATO Yaqin Sharqda kengayishi mumkin degan fikrdan quvonganini bildirgan.

    Prezident fikrini bayon qilar ekan, NATO Yaqin Sharqda AQShning o‘rnini bosishi lozimligini ta’kidlagan. Sabab sifatida bu mintaqa xalqaro siyosat muammosi ekani bilan izohlagan.

    Prezident fikrini davom ettirar ekan, Vashington IShIDni yakson qilishda va Yevropani terrorchilardan xalos qilsihda asosiy vazifani bajargani, buning uchun NATO Vashingtonning Yaqin Sharqdagi o‘rnini bosishi lozimligi bilan izohlagan.

    Shu o‘rinda Tramp AQSh NATOga eng katta pul ajratayotgani va boshqa a’zo mamlakatlarning moliyaviy ajratmalari kamligini ham qistirib o‘tgan.

    Dam olish kunlari NATO Iroqda IShIDga qarshi askarlarni tayyorlash borasidagi vazifasini tugatishi haqida e’lon qilgan edi. Natijada Eron generali Qosim Sulaymoniy dron hujumi yordamida o‘ldirilgan edi.

    AQSh bu voqeani Eron tahdidining oldini olishga qaratilgan chora sifatida izohladi. Seshanba kuni esa Eron hukumati AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga havo hujumi uyushtirdi. Bu voqeadan so‘ng Tramp mintaqadagi keskinlikni yumshatish uchun telemurojaat yo‘lladi.

    Stoltenberg AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan NATOning Yaqin Sharqdagi ehtimoliy kengayshi haqida muloqot qildi. Davlat departamenti Yens Stoltenberg bilan o‘tkazilgan muloqotni so‘zma-so‘z e’lon qildi.

    Prezident NATO qaysi davlatlar hisobiga kengayishi haqida aniq bir narsa demagan bo‘lsa-da, NATO sovuq urush davrining merosi sifatida a’zolari sonini 12 tadan 29 taga ko‘paytirib oldi.

    NATO yaqin kelajakda o‘z safiga Yaqin Sharqdagi qaysidir arab davlatini qabul qilishi hozircha ehtimoli kam voqea bo‘lsa-da, fikrlash uchun ozuqaligi bor gap.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    11.01.2020, 20:01   Izoh (0)   83919
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirusning yangi turidan birinchi odam vafot etdi

    11.01.2020, 16:11

    Bloomberg: Brexit Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 170 mlrd dollarga tushdi

    11.01.2020, 13:28

    WP: AQSh Yamanda yana bir eronlik komandirni o‘ldirishni rejalashtirgan

    11.01.2020, 13:07

    Donald Tramp Eron AQShning to‘rtta elchixonasiga urush uyushtirmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi

    11.01.2020, 12:48

    Hindistonda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

    11.01.2020, 11:46

    Ruhoniy Ukrainaga tegishli Boeing samolyoti falokatini fojiaviy xatolik deb atadi

    11.01.2020, 11:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.