Avstraliya harbiy havo kuchlari matbuot xizmati uchuvchilarning o‘rmon yong‘inlari sharoitidagi faoliyati aks etgan videoni e’lon qildi.
Rolikning birinchi qismi Viktoriya shtatida bir necha urinishlardan so‘ng qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan C-27J Spartan transport samolyoti kabinasida olingan. Kadrlarda bort ortidagi shafaqrang osmonnigina ko‘rish mumkin.
Ikkinchi qismni boshqa transport samolyoti — C-130J Hercules ekipaji a’zosi olgan. Samolyot Yangi Janubiy Uelsga o‘t o‘chiruvchilarning qo‘shimcha kuchlarini yetkazishi kerak edi, biroq uchuvchilar avval rejalashtirilgan joyga qo‘nolmay, zaxira aerodromiga yo‘l olishga majbur bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari o‘tgan yil sentabridan beri tinmayapti. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra 19 kishi va yuz millionlab jonivorlar halok bo‘lgan. Yong‘inlar ko‘lami shunchalik kattaki, ularni hatto sun’iy yo‘ldoshlardan olingan fotolarda ham ko‘rish mumkin.
Izoh (0)