Buxoro viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor A.F.ga Obid ismli shaxs tomonidan “Haydovchilik guvohnomasi” olish uchun 200 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilingani yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2019-yil 25-dekabr kuni fuqaro boshqaruvidagi Nexia-3 avtomashinasida A.G.ga 1 800 000 so‘m pora berayotgan vaqtida ushlangan va holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Bu haqda Buxoro IIB axborot xizmati xabar bergan.
Tekshiruv davomida Romitan tumanida yashovchi S.O.ning 2019-yil sentabr oyida ikki fuqarodan “Haydovchilik guvohnomasi” olish uchun 1 200 000 dan 2 400 000 so‘m pul olgani va keyinchalik ishni hal etish uchun inspektorga olingan pulning 1 800 000 so‘mini bermoqchi bo‘lgan.
Mazkur holat bo‘yicha Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan H.Sh va Sh.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 28, 211-moddasi 1-qismi, S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va 25, 28, 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)