• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangi yil kechasidagi dahshat: Toshkentda ichki ishlar organi xodimi homilador rafiqasini do‘pposlagan

    Yangi yil bayrami yorqin suratlar, archa atrofidagi selfilar bilan o‘tishi odat tusiga kirgan, har bir oilaning ushbu bayram uchun o‘z hikoyasi mavjud. Biroq ayrim voqealarda Yangi yil mo‘jizasi sodir bo‘lmaydi. “Nuz.uz” nashrida shunday psixologik muammolardan biri haqida hikoya qilingan.

    Foto: The World News

    Foto: The World News

    19 yoshli Yasmina (ismlar o‘zgartirilgan) uchun eng yodda qolarli bayram bo‘lishi lozim bo‘lgan kun dahshatli Yangi yil oqshomiga aylandi. Yaqinda ona bo‘lishini bilgan rafiqasini huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimi vakili bo‘lgan turmush o‘rtog‘i ayovsiz kaltaklagan.

    Tun yarmida Yasmina kelin bo‘lib tushgan uyi derazasidan oshib tushib, taksi to‘xtatgan va ota-onasining uyiga qochib ketgan. Bu yosh kelinchakning uydan qochishga bo‘lgan birinchi urinishi emasdi.

    Yuz-ko‘zi ko‘kargan, burni jarohatlangan, miyasi chayqalgan Yasminani poytaxtdagi shifoxonalardan birining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan. Sedativ preparatlar ta’sirida o‘ziga kelgan kelinchak to‘rt oy davom etgan nikohi davomida qaynonasi hamda eri bilan kechgan murakkab munosabatlar haqida gapirgan.

    …Yasmina ushbu voqealarni tizzasiga qo‘llarini qo‘ygan holda, titroq ovoz, bir nuqtaga tikilgan nursiz ko‘zlar bilan so‘zlab bergan. Oriqdan kelgan, hali juda yosh kelinchak qattiq qo‘rqqan, lekin o‘zini qo‘lga olishga, tinimsiz yosh to‘kayotgan onasi Sanobar opani tinchlantirishga urinmoqda. Ona esa qizi duch kelgan dahshatlar haqida eshitgach o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Tinimsiz qizining har kuni kaltaklangani, Tezikovkadan olingani haqidagi dashnomlarni eshitgani, himoyasiz, namoz o‘qiydigan farzandining qanday azoblarga duchor bo‘lgani xususida gapirgan.

    Yasmina kollejni tugatishi bilan turmushga chiqqan. Erining oilasi kelinning ishlashiga ruxsat bermagan, to‘rt devor ichiga qamab, mobil telefonini ham olib qo‘yib, barcha bilan muloqot qilishni taqiqlagan. Kelinchak onasiga ham eri va qaynonasi tepasida turgan vaqtida suhbatlashgan. Telefonda balandso‘zlagich rejimi yoqilgan holda Yasminaga qaynonasi va eri gap o‘rgatib suhbatlashgan. Ona va farzand Sanobarning kuyovi hamda qudasini yomonlashini kutgan. Hamma telefon suhbatlari yozib olinardi.

    To‘rt oy davomida Yasmina hammaga ta’zim qiladigan kelindek uyning hamma ishini qildi. U uylarni tozalar, kir yuvar, ovqat tayyorlardi. Qaynona esa qilingan har bir ishdan kamchilik va nuqson qidirar, o‘g‘lini kelinga qarshi qayrardi. Kuyov bola Davron (ismlar o‘zgartirilgan, barcha o‘xshashliklar tasodif) esa mushtlarini ishga solib “tarbiyaviy soat”ni boshlardi.

    “Hamma qilgan ishim noto‘g‘ri deb topilardi. Qaynotam mehribon inson, yaxshi odam. Menga rahmi kelardi. Lekin u kishi bilan muloqot qilishimga imkon qoldirishmasdi. Erim bilan birga qolgan vaqtimda u turli behayo filmlarni ko‘rishga va ulardagi ishlarni qilishga majburlardi. Rad etsam, ayamay urardi”, — deydi Yasmina.

    Yangi yil kirib kelishi oldidan ham kelinchakning onasiga qo‘ng‘iroq qilishiga va oila a’zolarini bayram bilan tabriklashiga ruxsat berildi. Biroq kelinni tinimsiz kuzatib borayotgan qaynona Yasminaning er tomondan qarindoshlariga befarq bo‘lib qizlik uyidagilarga mehribonroq ekanidan g‘azablangan. Ayol janjal ko‘targach, o‘g‘li kelinni vaziyatga oydinlik kiritish uchun birinchi qavatga chaqirgan. Ammo xotinining juda sekin qadam tashlab pastga tushgani Davronning jaxlini chiqargan. U kelinchakning sochlaridan tortib yotoqxonaga sudrab olib kirgan va boshi hamda yuziga urgan. Qizning burni qonay boshlagan va yuvinish uchun vannaga yugurgan. Biroq janjal shu bilan tugamagan. Kaltaklashdan keyin qaynona kelinni uy tozalashga, eri esa 20 marta o‘tirib turishga majburlagan.

    Yangi yil oqshomida yuz beradigan mo‘jizagina Yasminaning qochishiga umid bag‘ishladi. Onasi uni shahardagi shifoxonalaridan biriga olib bordi va qizning ko‘karib, ishib ketgan yuzini travmatolog shifokor tekshiruvidan o‘tkazdi. Rentgen va UTT tekshiruvi o‘tkazildi. Qo‘rquvdan shok holatiga tushgan Yasminani poytxatdagi respublika 1-klinik kasalxonasiga tez yordam mashinasida olib ketishdi.

    Tibbiyot xodimlari xalq tilida “02” ya’ni “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Shifokorlar bemorning ichki yopiq bosh miya jarohati va yuzidagi ko‘karishlar diagnozi bilan qabul qildi. Juvonning burni singani taxmin qilindi. Ginekolog homiladorlikka zarar yetganini taxmin qildi. Travmatologiya bo‘limi vakili qizning zarur tibbiy yordamlar olayotganini bildirdi.

    Sanobar opa yig‘idan o‘zini tiya olmayapti. U bir necha kundan beri qizining tepasida o‘tirib, uni yolg‘iz qoldirmaslikka urinmoqda. Ona qizining ruhiy holatidan xavotirda. Yasmina ko‘z yosh to‘kmayapti, biroq qo‘llari qaltiraydi va qattiq qo‘rqib ketgan. Kelinchak telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermayapti va shifoxona xodimlaridan eri hamda uning qarindoshlarini yoniga kiritmaslikni iltimos qilgan. Yasmina kelin bo‘lib tushgan uyiga qaytish va yana o‘sha dahshatlarni qayta boshdan kechirmoqchi emas.

    Davron Yasminadan 13 yosh katta. U ofitser va poytaxtdagi ichki ishlar bo‘limlaridan birida ishlaydi. Militsioner o‘z tanishlarini ishga solib, sha’riy nikoh o‘qitgan va Yasminani uyidan olib ketgan. Kelinchak to‘rt oy davomida ota-onasining uyiga kelmagan. Davron to‘y qilishni va qonuniy nikohdan o‘tishni ham va’da qilgan. Yangi yil oqshomidan keyin Yasminaning shifoxonaga tushib qolganini bilgach, Davron va uning onasi talvasaga tushgan. Ular kelinchakning ruxsatisiz uydan qochib ketganidan norozi bo‘lgani aniq.

    Yasmina ariza yozdi va uni yosh oila istiqomat qiluvchi Shayxontohur tumani militsiya noziri qabul qilib olgan. Uchastka nozirining aytishicha, ish prokuraturaga yetkazilgan.

    “Nuz.uz” nashrida e’lon qilingan maqolada birovning oilaviy ishiga aralashish noto‘g‘ri ekanligi, har bir oilada ham turmushning “o‘nqir-cho‘nqirlari”, muammolari bo‘lishi qayd etilgan. Nashr ayolning hayotiga xavf solib, uning sog‘lig‘iga zarar keltirgan ushbu noxush vaziyat bu kabi maishiy muammolardan emasligini bildirgan.

    Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi e’lon qilingan materialga munosabat bildirib, ushbu ish nazoratga olingani va ayni vaqtda xizmat tekshiruvi boshlanganligini ma’lum qilgan.

    Kelinchakning turli tan jarohatlari olgani haqidagi ma’lumot va materiallar Shayxontohur tuman prokuraturasiga taqdim qilingan.

    Mavzuga doir:

    • Sirdaryoda eri bilan janjallashgan ayol o‘zini yoqib yubordi
    • Denovda er-xotin janjali pichoqbozlik bilan yakun topdi
    • Farg‘onada rashk tufayli xotinini urib o‘ldirgan erkak 8 yilga qamaldi

    05.01.2020, 20:56   Izoh (0)   129856
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV Amsterdamdagi namoyish vaqtida yiqilib, jarohat olgan o‘zbekistonlik akrobatlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi

    05.01.2020, 18:56

    Toshkent shahar hokimligi kelgusida poytaxt hududini kengaytirish rejasi haqida ma’lumot berdi

    05.01.2020, 17:18

    Markaziy saylov komissiyasi: Soat 11:00 ga qadar saylovlarda qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’lumot kelib tushmadi

    05.01.2020, 16:34

    DXX yirik partiyadagi kontrafakt mahsulotlarni qo‘lga oldi

    05.01.2020, 16:16

    Britaniya nashri nima uchun O‘zbekistonga sayohat qilish kerakligi haqida maqola e’lon qildi

    05.01.2020, 15:12

    Oliy sud: Blogerni haqorat qilgan Andijon shahar hokimligi matbuot kotibi ishi yuzasidan hujjatlar ma’muriy sudga taqdim etilmagan

    05.01.2020, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.