Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 20-turining markaziy o‘yinida 29-dekabr, yakshanba kuni Londonning ikki klubi — “Arsenal” hamda “Chelsi” o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida “to‘pchilar” yetakchisi Pyer-Emerik Obameyang Kalum Chembers uzatgan to‘pni Kepa Arrisabalaga qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 83-daqiqaga kelib “aristokratlar” yarim himoyachisi Jorjinyo hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib mehmonlar hujumchisi Temmi Abraham jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Chelsi” London derbisida “Arsenal” ustidan kichik 2:1 hisobida ustun keldi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “ko‘klar”ning ochkosi 35 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Arsenal” esa 24 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi.
APL
20-tur bahsi
29-dekabr, yakshanba
“Arsenal”—“Chelsi” 1:2
Gollar: 1:0 — 13 Obameyang, 1:1 — 83 Jorjinyo, 1:2 — 87 Abraham“Arsenal”: Leno, Meytlend-Naylz, Chembers (Mustafi, 23), David Luiz, O‘zil (Uillok, 76), Gunduzi, Torreyra, Nelson (Pepe, 86), Lyakazett, Obameyang, Saka
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Tomori (Lempti, 59), Emerson (Jorjinyo, 34), Maunt, Kovachich (Xadson-Odoi, 70), Villian, Kante, Ryudiger, Abraham.
Ogohlantirishlar: Gunduzi (10), Maunt (30), Kante (30), Ryudiger (34), David Luiz (47), Jorjinyo (55), Torreyra (73), Lyakazett (77), Meytlend-Naylz (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)