“Vest Hem” bosh murabbiyi Manuel Pellegrini egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Angliya Premyer Ligasi 20-turi doirasida London klubi o‘z maydonida “Lester”ga yutqazib qo‘ydi 1:2. Shundan so‘ng klub rahbariyati chililik mutaxassis bilan xayrlashiga qaror qilgan.
“Real”, “Manchester Siti” kabi klublarining sobiq ustozi bo‘lgan Manuel Pellegrini 2018-yil 22-mayidan beri “Vest Hem”ni boshqarib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, “Vest Hem” APLning joriy mavsumida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ochko bilan musobaqa jadvalida 17-o‘rinni band etib turibdi. Jamoa so‘nggi beshta o‘yindan to‘rttasida mag‘lub bo‘ldi.
Londonliklar ayni chog‘da jamoa bosh murabbiyligiga Devid Moyes hamda Toni Pulis kabi mutaxassislarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)