“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin nima bilan shug‘ullanmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Futbolni yakunlagandan keyin o‘qishni qayta tiklashni istardim. Afsuski hayotimda duch keladigan ba’zi savollarga javob topa olmayman, shu sabab e’tiborimni o‘qishga qaratmoqchiman.
Hayron qoldiradigan yana bir niyat bor — men o‘zimni kinoda aktyor sifatida sinab ko‘rishni istardim”, — deya Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Portugaliyalik futbolchi ushbu kelishuv muddati yakunlangan vaqtda 37 yoshda bo‘ladi.
Ushbu mavsum Ronaldu Italiya A Seriyasida 14 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘n gol va bitta samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)