“Barselona” klubining yarim himoyachisi Karles Alenya faoliyatini “Betis”da davom ettiradi. Bu haqda “Betis” matbuot xizmati xabar qildi.
Sevilyaliklar klubi 21 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Kelishuvda sotib olish huquqi haqidagi band yo‘q.
Ushbu mavsum Alenya “Barselona” safida La Ligada to‘rtta va Chempionlar Ligasida bitta o‘yin o‘tkazdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)