“Manchester Siti” klubi futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 19-turida “Vulverhempton”ga yutqazib qo‘ydi (2:3).
Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa Premyer Liga ushbu mavsumi doirasida ketma-ket ikkinchi bor “bo‘rilar”ga mag‘lub bo‘ldi. “Manchester Siti” 6-oktabr kuni o‘z maydonida “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy bergandi (0:2).
Gvardiola murabbiylik faoliyati mobaynida ikkinchi marta mavsum davomida bir jamoaga ikki marta yutqazib qo‘ydi. Birinchi marta 2016/17-yilgi mavsumda ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi “Manchester Siti” APL doirasida ketma-ket Antonio Kontening “Chelsi”siga mag‘lub bo‘lgandi.
Bunga qadar Gvardiola “Barselona” va “Bavariya” klublarida ham faoliyat yuritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)