Prezident Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 9-may kuni Moskvada bo‘ladigan bayram tantanalarida qatnashadi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiyaning “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
— Shavkat Mirziyoyev ham Rossiya prezidentidan Moskvadagi 9-may — G‘alaba kuni tantanalariga taklif olgani ma’lum. U taklifni qabul qildimi?— Prezidentimiz sharofati bilan O‘zbekistonning urush (Ikkinchi jahon urushi) yakunlariga munosabati o‘zgardi. Avvallari yodgorliklarni kerakmas joylarga ko‘chirgan bo‘lsak... Hozir Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 75 yilligini nishonlash bo‘yicha juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Biz uch yildan beri 9-mayni katta miqyosda bayram qilinmoqdamiz. Markazda ulkan G‘alaba bog‘ini quryapmiz.Tabiiyki, bu yerda ham bayram nishonlanadi. Vladimir Vladimirovich Putindan taklifnoma kelganidan, u yer (Moskva)da hamma yig‘ilishidan ham xabarim bor. O‘ylashimcha, u (Shavkat Mirziyoyev) ham 9-mayga boradi. Taklifnoma bor, albatta, u bu taklifni qabul qilgan.
— Ya’ni, prezident (Mirziyoyev) bizning Moskvaga keladi?— Ha, 9-mayda bo‘ladi.
Izoh (0)