O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyrug‘i bilan Toshkent shahridagi qator masjidlarga imom-xatib vazifasiga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi xabar berdi.
Unga ko‘ra Toshkent shahar Bektemir tumani bosh imom-xatibi, “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi Yo‘ldoshali Karimov Yashnobod tumanidagi “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
O‘z navbatida “Islom ota” masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Jasurbek Raupov Chilonzor tumanidagi “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
“Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida xizmat qilib kelgan Xudoyor O‘rozimbetov Bektemir tumanidagi “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.
Imom-xatiblarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va O‘MI vakil o‘rinbosari Sahobiddin Satimovlar jamoatga tanishtirgan.
Izoh (0)