Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi o‘rmon sanoati xodimlariga mo‘ljallangan yotoqxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yong‘in 25-dekabrga o‘tar kechasi Zalari qishlog‘ida yotoqxonaning yog‘ochdan qurilgan ikki inshootida sodir bo‘lgan. U yerda 15 kishi istiqomat qilgan.
Hodisa natijasida yana olti kishi jabrlangan. Ulardan besh nafari kasalxonada, bir kishi og‘ir ahvolda, yana bir jabrlanuvchiga ambulator davolanishga ruxsat berilgan.
Qutqaruvchilar ochiq yong‘inni bartaraf etgan. Yong‘in maydoni 350 kvadrat metrni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘in sodir bo‘lgan bino ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lgan.
Avvalroq Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani, Vladivostokda o‘zbeklar uxlab yotgan yotoqxonada yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)