Bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekistonda soat 08:00 dan boshlab barcha saylov uchastkalari ochildi. Unda 20,5 milliondan ortiq saylovchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz bermoqda.
Ovoz berish jarayoni 20:00 gacha davom etishi belgilangan.
Daryo muxbiri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 165-son saylov uchastkasida bo‘lib, saylov jarayoni bilan tanishdi.
“Soat 10:20 holatiga ko‘ra 2132 nafar ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilardan 155 nafari ovoz bergan. Muddatidan avval 32 nafari ovoz bergan”, — deydi saylov uchastkasi raisi Ziroat Akramova.
Saylovda ilk marta ishtirok etayotgan, Ilhom Fayzullayev kabi saylovchilarga maxsus sovg‘alar berilmoqda.
Izoh (0)