Farg‘ona viloyatining Quva tumanida saylovchi o‘z qarindoshining nomzodini noqonuniy tashviqot qilgani aniqlandi. Bu haqda 22-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ichki ishla vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
“Farg‘ona viloyati Quva tumanida bir saylovchi o‘zining qarindoshi — xalq deputatlari tuman Kengashiga nomzodi ko‘rsatilgan shaxsni targ‘ib etuvchi plakatlarni o‘z mashinasiga yopishtiib, ‘falonchiga ovoz bering’ deb noqonuniy tashviqot uyushtirgan. Bu masala tegishli tartibda rasmiylashtirilib, prokuratura tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — dedi vazir.
Po‘lat Bobojonovning qo‘shimcha qilishicha, xavfsizlikni ta’minlash ta’minlash maqsadida 53 mingga yaqin huquq-targ‘ibot organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar, jamoatchilik vakillari jalb qilingan. Barcha hududiy ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar hizmatining rahbar va xodimlari saylov okruglari va uchastkalarga taqsimot bo‘yicha biriktirilgan.
Shuningdek, 600 dan ziyod yo‘l-patrul xizmatchi xodimlari ham ham jalb qilingani ma’lum qilindi.
Izoh (0)