• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kongoda odamlar yashash uchun kurashib, kamyob yovvoyi hayvonlarni ov qiladi (fotogalereya)

    Kongo demokratik respublikasi Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Kongo aholisi kun kechirish maqsadida jungli o‘rmonlarida yovvoyi hayvonlarni ovlashga majbur bo‘ladi. Davlat xizmatchilari, talabalar va qishloqlar aholisi ov mahsuli bo‘lgan o‘ljalarini mahalliy bozorlardagi “olib-sotarlar”ga pullaydi. Go‘sht timsoh yoki echkemardan barbekyu tayyorlashni hush ko‘radigan shahardagi boyvachchalarga sotiladi. Yangi boylarni ular tanovul qilayotgan hayvonlarning “Qizil kitob”ga kiritilgani va xalqaro miqyosda himoya qilinishi aslo tashvishga solmaydi. Fotograf Tomas Nikolon Mbandaka shahridagi bozorda bo‘lgan va Reuters uchun ovchilar hayotidan fotoreportaj tayyorlagan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Matongu va uning do‘stlari tungi ovdan quruq qo‘l bilan uyga qaytmoqda

    Muhammad Esimbo Matongu oyda bir marta ovga chiqadi. Erkak davlat korxonasida ishlashiga qaramay, u olayotgan maosh oilasini boqish uchun kamlik qiladi. U qo‘shimcha daromad topish uchun ovchilik qiladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ovchilar o‘ldirilgan qizil dumli maymunchani chumolilar yeb ketmasligi uchun osib qo‘ygan

    Tabiat qo‘riqchilari Matongu kabi ovchilar hayvonlarga qiron keltirgan holda Markaziy Afrika o‘rmonlarida yashaydigan jonivorlarning tez qirilib ketishida aybdor bo‘layotganini aytib jamoatchilik e’tiborini tortishga urinmoqda.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bonobo maymuni go‘shti bozorda sotilmoqda

    1990-yillarga qadar Matonguga o‘xshash ovchilar faqat oziqlanish maqsadida hayvon ovlagan. Ammo katta shaharlardagi odamlar tansiq taomlarni yeb ko‘rgach, yovvoyi hayvonlar go‘shtiga bo‘lgan talab keskin ko‘tarildi, taklif ham o‘sdi — ovchilik ham ommaviy kasbga aylandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ov o‘ljalari ortilgan qayiqlar bozor hududiga kirib kelmoqda

    Matongu va yuzlab boshqa ovchilarning o‘ljalari Mbandakidagi bozorlarning biriga olib kelinadi. Bu yerda har haftaning jumasida minglab odamlar kemalarda olib kelingan tansiq go‘shtlarni tomosha qilish va sotib olish uchun yig‘iladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Matongu uyga qaytishda maymun tanasining yarmini eshkakchilarga sotib olishni taklif qilmoqda

    “O‘smirlik vaqtimda o‘lja topish uchun daryodan o‘nlab kilometr yuqoriga ko‘tarilishimga to‘g‘ri kelgan. Hozir yovvoyi hayvonlar kamida 40 kilometr uzoqlikda yashirinib yuradi”, — deydi 61 yoshli kongolik ovchi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Timsohlar va echkemarlarning go‘shti bozor rastalarida

    Mbandaki savdo rastalari atrofini yovvoyi hayvonlar go‘shtining hidi tutib ketadi. Bu yerda timsoh, echkemar, maymun go‘shtlari va o‘rmon antilopalarining oyoqlarini xarid qilish mumkin.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Restoranga kelgan xo‘randa piton go‘shtidan tayyorlangan taomni tanovul qilmoqda

    Kamyob hayvonlarning go‘shti odatda hamma ko‘rishi mumkin bo‘lgan joyda sotilmaydi. Biroq sotuvchidan bonobo maymunining nimtalangan go‘shti bormi deb so‘ralishi bilan u rasta ostidan chelakda ushbu mahsulotni chiqarib namoyish qilishni boshlaydi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bozordan timsoh sotib olgan erkak uning boshini olib, barbekyuda jizg‘anak qilishga tayyorlamoqda

    Kongo o‘rmonlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlarning ko‘p turlari, masalan, bonobo yoki pangolini maymunlari xalqaro jamoatchilik vakillari tomonidan qo‘riqlanadi. Ammo mamlakat hukumati ushbu kamyob turlarning himoyasiga jiddiy e’tibor qaratmaydi. Oqibatda ovchilar ularni o‘ldirib, go‘shtini pullashda davom etaveradi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    O‘ljalar sotiladigan bozor yaqiniga o‘rnatilgan Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi plakati

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ovchilar har yili Kongo daryosi bo‘yidagi suv havzalari atrofida olti million tonna yovvoyi hayvonlar go‘shtini qo‘lga kiritadi. Ushbu ulkan o‘rmonlar qit’adagi olti mamlakat hududini egallagan. Ular kattaligi borasida faqat Braziliyadagi Amazonka o‘rmonlaridan ortda qoladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ovchi Selestin, uning rafiqasi va qizi

    Mbandakeda hayvonlarni chin dildan yaxshi ko‘radigan mehribon insonlar ham gohida qo‘liga qurol olib, ov qilishiga to‘g‘ri keladi. Selestin ekolog-talaba va u ham oilasini boqish uchun o‘lja izlashga majbur.

    “Ayrim hayvonlarni ov qilish taqiqlangan. Buni juda yaxshi tushunaman, lekin menga universitetdagi o‘qishimni davom ettirish va oilamga yordam berishim uchun pul zarur”, — deydi u. Selestin fotografdan to‘liq ismini oshkor etmaslikni iltimos qilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Matonguning xotini o‘ldirilgan maymun go‘shtidan taom tayyorlamoqda

    O‘rmonda o‘tgan bir necha kunlik ovdan keyin Matongu qo‘lida o‘lja ko‘tarib qishloqqa qaytdi. U bozorga borishdan avval oilasiga o‘ljadan muayyan qismdagi go‘sht qoldiradi. Bir urinishning o‘zida 5 dan 100 ming kongo frankigacha (o‘rtacha 30 ming so‘mdan 580 ming so‘mgacha) daromad ko‘rish mumkin.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Matonguning oilasi ota ovlab kelgan maymun go‘shtidan tayyorlangan taomni tanovul qilmoqda

    Matongu ishxonasida 125 ming kongo franki miqdorida oylik oladi (qariyb 740 ming so‘m). Ushbu pullar Matonguning xotini, to‘rtta bolasi, ikkita ukasi va jiyanidan iborat katta oilani boqish uchun kamlik qiladi.

    “Ho‘sh ularni yana qanday yo‘l bilan boqishim mumkin? Gohida oy oxirida maosh olishim ham kechikib ketadi. Bu yer Kongo, biz bu yerda yashab qolish uchun har qanday yo‘lni tanlashga majbur bo‘lamiz”, — deydi ovchi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Paskal ismli ovchi maymunni nishonga olmoqda

    “Tadqiqotlarimiz natijasi qishloq atrofida yashovchi yovvoyi hayvonlarning deyarli qirilib ketganligini ko‘rsatdi”, — deydi Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash fondi vakili Mikel Bakanza.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Milliy park reynjerlari brakonyerni qo‘lga olmoqda

    Milliy parklarda ov qilish qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan, biroq kongoliklar mo‘may pul topish ilinjida qo‘riqlanadigan hududda yovvoyi hayvonlar jungli o‘rmonlaridagiga nisbatan ko‘proq ekani va ov qilish osonroqligi uchun tez-tez bunday jinoyatlarni sodir qilib turadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Bozorda sotilayotgan qizil dumli maymun bolasi

    Ovchilar odatda daryo bo‘yida tunda yoki kunduz kuni kichik lager quradi va chakalakzorlardagi ovdan keyin u yerga qaytadi. Quruq qo‘l bilan ortga qaytib bo‘lmaydi, sababi barcha ovchilar oila boqish ilinjida sayyodlik yo‘lini tanlagan. Ular qiyinchilik bilan qo‘lga kiritgan go‘sht yakunda boylar tomonidan iste’mol qilinadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Matongu uyi yonida xotini bilan

    Matongu ovga ketayotgan vaqtida ijaraga qayiq olib, ikkita eshkak, qo‘lbola miltiq, bir nechta patron o‘qlar va maniok o‘simligidan tayyorlangan non zaxirasini oladi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Maktab o‘quvchisi brakonyerlardan qutqarilgan bonobo maymuni bolasini kuzatib turibdi. Lola ya Bonobo qo‘riqxonasi

    Davlat yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvonlarni saqlab qolishga jiddiy kirishdi, lekin amaldorlar ham xalqning kamyob go‘shtga qiziqishi to‘kis hayot kechirish oqibatida bo‘lmayotganini yaxshi tushunadi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Paskal o‘ldirilgan qizil dumli maymuncha va uning bolasi bilan tunda lagerga qaytmoqda

    Qashshoq ovchilar har qanday o‘lja bilan uyga qaytadi, maymun, o‘rmon antilopasi, timsoh, bo‘g‘ma ilon yoki daryo to‘ng‘izi. Eng muhimi bozorda ushbu mahsulotni pullash imkoniyatining bo‘lishi.

    20.12.2019, 04:35   Izoh (0)   48574
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Moskvadagi Federal xavfsizlik xizmati binosi oldida otishma yuz berdi

    20.12.2019, 03:34

    Putin Leninning jasadini mavzoleydan olib chiqish kerak emasligini aytdi

    20.12.2019, 01:32

    2019-yilning “eng yomon” parollari ro‘yxati e’lon qilindi

    19.12.2019, 23:56

     Pyotr Poroshenko OAVdagi buyurtma maqolalar uchun 100 minglab dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi

    19.12.2019, 23:34

    Putin Rossiya konstitutsiyasidan ketma-ket 2 prezidentlik muddati haqidagi bandni olib tashlash mumkinligini aytdi

    19.12.2019, 20:11

    BMT: Migrantlar uylariga yuborayotgan pul o‘tkazmalari rivojlanayotgan davlatlarga ko‘rsatilayotgan rasmiy yordam miqdoridan uch baravar ko‘p

    19.12.2019, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22

    Oliy sud binosida elektr ta’minoti tiklangani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:15

    Avval fantastikadek tuyulgan endi esa haqiqatga aylangan 5 ta kino prognozi

    Kino | 28 iyun, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.