SplashData kompaniyasi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 100 ta “eng yomon” parollar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozadi Spot.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar barchaga ayon bo‘lgan besh milliontadan ortiq parollarni tahlil qildi.
2018-yil bilan solishtirilganda birinchi o‘rin o‘zgarmadi. “qwerty”, “123123”, “qwerty123” kabi parollar ommalashdi. “Welcome” va “princess” esa o‘z o‘rnini yo‘qotdi.
2010-yildan beri ro‘yxatdan o‘rin egallab keluvchi “password” so‘zi esa kuchli uchlikdan tushib qoldi.
Shuningdek “1q2w3e4r”, “qwertyuiop”, “123qwe”, “dragon” va “lovely” parollari reytingga kirib keldi. O‘tgan yili paydo bo‘lgan “donald” paroli esa reytingda pastladi.
Demak, o‘tib borayotgan yil yakunlari bo‘yicha eng kuchsiz 25 ta parol:
- 123456
- 123456789
- qwerty
- password
- 1234567
- 12345678
- 12345
- iloveyou
- 111111
- 123123
- abc123
- qwerty123
- 1q2w3e4r
- admin
- qwertyuiop
- 654321
- 555555
- lovely
- 7777777
- welcome
- 888888
- princess
- dragon
- password1
- 123qwe
Izoh (0)