Rossiya konstitutsiyasidan bir kishi ikki yil davomida ketma-ket prezidentlik lavozimida ishlashi mumkinligi haqidagi bandni olib tashlash mumkin edi. Bu haqda Vladimir Putin har yili o‘tkaziladigan an’anaviy matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.
“Bu muddatlar bilan nima qilish mumkin edi — konstitutsiyadan ‘ketma-ket’ degan jumlani olib tashlash kerak edi. Sizning itoatkor xizmatchingiz vazifasini o‘tab bo‘ldi, lavozimni tark etdi va prezident lavozimiga qaytish uchun konstitutsion huquqqa ega bo‘ldi. Chunki bu ketma-ket ikkita muddat emas edi. Bu ibora bizning ayrim siyosatchilarimiz va jamoat arboblarimizning g‘ashini keltiradi. Mana shu so‘zni bekor qilish mumkin edi, ehtimol”, — dedi Putin.
Putin konstitutsiyani davlat rahbaridan boshqa barcha fuqarolar o‘zgartirishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Xususan, parlament huquqlarini kengaytirish mumkin.
“Bularning barchasi jamiyatda yaxshi tayyorgarlik va chuqur muhokamadan so‘ng amalga oshirilishi mumkin, ammo juda ehtiyotkorlik bilan”, — dedi Putin.
Izoh (0)