Angliyaning BBC nashri Premyer Liganing so‘nggi o‘n yillikdagi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Mazkur terma jamoani aniqlashda futbolchining statistikasi, yutuqlari, shuningdek nashr jurnalistlarining fikrlari inobatga olindi.
Ro‘yxatga Angliya chempionatida kamida ikki mavsum harakat qilgan futbolchilar kiritildi. Keyinchalik muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Darvozabon: David De Xea (“Manchester Yunayted”);
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk (ikkisi — “Liverpul”), Vensan Kompani (“Manchester Siti”da o‘ynagan), Patris Evra (“Manchester Yunayted”da o‘ynagan);
Yarim himoyachilar: Stiven Jerrard (“Liverpul”da o‘ynagan), Ngolo Kante (“Chelsi”, “Lester”da o‘ynagan), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”);
Hujumchilar: Eden Azar (“Chelsi”da o‘ynagan), Serxio Aguero (“Manchester Siti”), Harri Keyn (“Tottenhem”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)