“Manchester Siti”da Xosep Gvardiolaga yordam berib kelgan Mikel Arteta Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmat xabar berdi.
37 yoshli Arteta “Arsenal” bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun, Mikel “Arsenal” safida 2011—2016-yillarda to‘p tepgan. Shundan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlab, “Manchester Siti” murabbiylar shtabida Xosep Gvardiolaning yordamchisi sifatida ish boshlagan.
“Arsenal” esa 29-noyabr kuni qoniqarsiz natijalar sabab Unai Emerini ishdan bo‘shatgandi. Uning o‘rniga klubni vaqtincha Frederik Yungberg boshqarib turdi.
Qayd etish joiz, London klubi Angliya Premyer Ligasida 17-turdan so‘ng 22 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)