Sky Sports tahlilchisi Spenser Oliver ma’lumotiga ko‘ra, britaniyalik og‘ir vaznli bokschi Tayson Fyuri MMA’ga o‘tishi va UFC bilan shartnoma imzolaydi.
“Fyuri menga boksda yana ikkita jang o‘tkazishi bo‘yicha shartnomasi borligini, shundan so‘ng bu sportdagi faoliyatini yakunlashini aytdi. U UFC’ga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida juda jiddiy gapirdi”, — deydi Oliver.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 22-fevralida Tayson revansh jangida Deontey Uaylderga qarshi ringga chiqishi lozim. Ushbu sportchilar o‘rtasidagi birinchi jang durang bilan yakunlangan edi.
Izoh (0)