Boks bo‘yicha o‘rta vaznda WBA kamari sohibi Saul Alvares 2019-yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Qayd etish joiz, yilning eng yaxshi bokschisi ESPN telekanali talqiniga ko‘ra aniqlandi.
“Ushbu e’tirofdan mamnunman. Bu karyeramdagi bitta qadam, xolos. Sizlardan shoshmaslikni so‘rardim, chunki Kanelo tarixga kiradi. Buni men kafolatlayman”, — deydi bokschining o‘zi.
Eslatib o‘tamiz, Alvares 2015-yilda ham ushbu nomga loyiq ko‘rilgan edi.
Ma’lumot uchun, Saul professional boksda shu kunga qadar 56 ta jang o‘tkazib, 53 ta jangda g‘alaba qozongan. Shundan 36 tasi nokaut orqali qo‘lga kiritilgan. Bir marta mag‘lubiyatga uchragan (Floyd Meyvezer). Ikki marta esa durang qayd etgan.
Izoh (0)