UEFA tashkiloti 2018/19-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi ishtirokchilariga taqsimlangan mablag‘lar miqdorini oshkor qildi.
Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi guruh bosqichi, pley-offi ishtirokchilar, shuningdek, UEFA Superkubogi qatnashchilariga umumiy hisobda 1 milliard 976 million yevro to‘langan. Bu ko‘rsatkich 2017/18-yilgi mavsumda 1 milliard 412 million yevroni tashkil qilgan.
Eng ko‘p pulni “Barselona” ishlab topgan: 117,7 million yevro. Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul” esa 111,09 million yevroga ega bo‘lgan. Finalchi “Tottenhem”ga esa 101,6 million yevro nasib etgan.
Keyingi o‘rinlarni quyidagi jamoalar egallagan:
- “Yuventus” — 95,5 million yevro
- “Manchester Yunayted” — 93,4 ,million yevro
- “Manchester Siti” — 93,2 million yevro
- PSJ — 85,8 million yevro
- “Atletiko” — 85,6 million yevro
- “Real” — 85,3 million yevro
- “Bavariya” — 82,8 million yevro
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)