Berlinda noma’lum shaxslar Germaniya yetakchilaridan biri Reynxard Geydrixning qabrini kovlab tashladi, deb yozadi Meduza.
Qabr nima sababdan kovlangani noma’lum. Geydrixning tana qoldiqlariga teginilmagan.
Politsiya ushbu qilmish qasddan sodir etilmaganini taxmin qilmoqda, chunki qabrda Geydrix ismi ko‘rsatilmagan.
Geydrix Germaniya boshqaruvidagi eng nufuzli shaxslardan biri bo‘lgan. U davlatning ichki dushmanlari bilan kurashish bo‘yicha faoliyat olib borgan hamda Yevropa hududida yahudiylarning ommaviy qatl etilishi tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan.
Izoh (0)