Moskvada o‘z onasiga pichoq bilan hujum qilib, uni jarohatlagan shaxs politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak onasi bilan janjallashgan va janjal davomida unga bir necha marta pichoq urgan. Ayol xonadonidan chiqib, politsiya chaqirishga ulgurgan.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan politsiyachilar xonadonga kirganda jinoyatchi erkak qo‘lidagi to‘pponcha bilan ularga tahdid qilgan. Politsiya xodimlari xizmat to‘pponchasi bilan unga o‘q uzgan va erkak olgan jarohatidan hodisa joyida vafot etgan.
Jabrlangan ayol kasalxonaga yotqizilgan va voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, vafot etgan erkak psixonevrologik dispanserda ro‘yxatda turgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra erkakning kasali qo‘zib qolgan va oqibatda onasini jarohatlab, politsiya xodimlariga hujum qilgan.
Izoh (0)