Sud aprel oyida hukumatdan ag‘darilgan Sudanning sobiq prezidenti Umar al-Bashirni korrupsiya va pul yuvganlikda ayblab, ikki yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb yozadi Meduza.
Umar al-Bashirga nisbatan uning uyidan umumiy qiymati 130 million bo‘lgan dollar, yevro va Sudan funti topilganidan so‘ng ayblov e’lon qilingan edi. O‘shanda u aybni bo‘yniga olmagan.
Qayd etilishicha, al-Bashir hozirda 75 yoshda bo‘lgani uchun u jazoni keksa jinoyatchilarga mo‘ljallangan reabilitatsiya klinikasida o‘taydi.
Al-Bashirga 2018-yil dekabridan 2019-yil apreligacha davom etgan norozilik namoyishlari vaqtida namoyishchilarning o‘ldirilishi bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgandi. Bu ish bo‘yicha hukm hali e’lon qilinmagan.
Izoh (0)