AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin orada Afg‘onistondan taxminan to‘rt ming Amerika harbiy askarlari olib chiqib ketilishini e’lon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Ayni paytda Afg‘onistonda AQShning 12—13 mingga yaqin askari joylashtirilgan. Qayd etilishicha, harbiylarning qachon olib chiqib ketilishi noma’lum, ammo bu jarayon 2 oy davom etadi va taxminan 8—9 ming nafar qo‘shin Afg‘onistonda qoladi.Shu hafta boshida AQShning Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Bagramdagi hujumdan so‘ng AQSh “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralarini qisqa vaqt davomida to‘xtatib turilishini ma’lum qilgandi.
Xabarda aytilishicha, Tramp o‘zining maslahatchilariga 2020-yilning noyabrigacha AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadigan vaqtda barcha harbiy xizmatchilarni Afg‘onistondan olib chiqib ketishni xohlashini aytgan.
Izoh (0)