• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12715.13
    • RUB161.75
    • EUR14730.48
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tinch okeanidagi Bugenvil oroli uzoq yillardan beri mustaqil davlatga aylanish uchun kurashmoqda

    Tinch okeanida joylashgan Bugenvil orolida yashaydigan aholining asosiy qismi va qo‘shni Buki viloyati vakillari 2019-yil noyabr oyi oxiri va dekabr boshlarida o‘tkazilgan referendumda Papua-Yangi Gvineyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishga ovoz berdi. Mahalliy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 98 foizdan ko‘proq saylovchi, aholining 87 foiz qismi ishtirok etgan saylovlarda mustaqil davlat sifatida Papua-Yangi Gvineyadan ajralib chiqishga ovoz bergan. Referendum o‘tkazilishiga o‘n yil davom etgan fuqarolar urushi sabab bo‘ldi, ushbu qarama-qarshiliklarda mahalliy aholining 10 foiz qismi halok bo‘lgan. Biroq ushbu voqealar hanuzgacha poyoniga yetmagan: Papua-Yangi Gvineya hukumati Bugenvil mustaqilligiga ruxsat berishi lozim, ular mamlakatning bo‘laklarga bo‘linib ketishidan xavotirda. G‘arbdagi kuzatuvchilarni Xitoyning hududga ta’sir o‘tkazayotgani tashvishga solmoqda.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Bugenvil aholisi hududga “oqtanli” va “qiziltanli” muhojirlar mis konlarida ishlash uchun kelishni boshlagani tufayli mustaqil davlat bo‘lishga intila boshlagan.

    Bugenvil — Papua-Yangi Gvineyaning asosiy qismidan sharqda joylashgan Tinch okeanidagi eng katta orollar guruhi. Uning atrofida Buka oroli joylashgan. Ikki hududning umumiy aholisi 300 ming nafarni tashkil qiladi. Jug‘rofiy jihatdan ikkala orol ham Solomon orollari arxipelagiga mansub, biroq ularning yangi tarixi boshqacha rivojlandi. XIX asr oxirida Bugenvil Yangi Gvineyaning shimoli-sharqiy hududi bilan birgalikda Germaniya mustamlakasiga aylandi, yarim orolning qolgan qismi Britaniya boshqaruvi ostida qoldi. Nemislar Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchragach, ularga tegishli mustamlaka hududi Avstraliyaga o‘tdi.

    Bugenvil tarixidagi burilish nuqtasi 1960-yillarda hududdan mis konlarining topilishi bo‘ldi. 1972-yilda Panguna shahri hududida Pangun mis konlari ochildi, shu tariqa orolga Yangi Gvineya (mahalliy aholi vakillari ularni “qiziltanlilar” deb atagan) va Avstraliyadan (“oqtanlilar”) mehnat muhojirlari kela boshladi. Mis qazib olish ichki migratsiyani rivojlantirib, an’anaviy qishloq xo‘jaligi sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ushbu yo‘nalishlarda ish kuchining yetishmasligi holatlari kuzatildi. Papua-Yangi Gvineya esa Avstraliyadan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishni maqsad qilar, mis rudasi qazib olinadigan konlar esa eksport daromadining 45 foizini tashkil etadi.

    Ushbu jarayonda Bugenvilda ilk bor boshqa Solomon orollariga qo‘shilish yoki ulardan ajralish harakatlari boshlandi. 1975-yil sentabrda Papua-Yangi Gvineya mustaqilligini e’lon qilish arafasida, Bugenvil ham ushbu harakatni amalga oshirishga urindi. Ammo BMT ularni qo‘llab-quvvatlamadi va ular Papua-Yangi Gvineya suvernitetini tan olishga majbur bo‘ldi. Orolning ajralib chiqishi tarafdorlariga ko‘ra, ushbu harakatdan keyin besh yil ichida orol mustaqil davlatga aylanishi va’da qilingan. Biroq ushbu va’da bajarilmagan. Oroldagilar mis sotuvidan tushgan mablag‘larning ulushini ham olmagan.

    Fuqarolar urushi ekologik vaziyat o‘zgarganidan keyin boshlandi. Urush hukumat vaziyatni hal etish uchun xorijdagi xususiy harbiy kompaniyalarni jalb qilganidan keyin yakuniga yetgan.

    Orol aholisining markazdagi hukumat vakillari bilan munosabatlari ekologik muhitning yomonlashuvi tufayli yanada keskinlashdi. Mis rudasining chiqindilari Jaba daryosiga oqizilib, ayrim hayvon turlarining qirilib ketishiga va oroldagi odamlarning turli kasalliklarga chalinishiga olib keldi. 1987-yilda separatistlar mis rudalari qazib olinadigan konlar zarari tufayli hukumatdan ko‘p milliardlik kompensatsiya talab qildi va ushbu pul berilmagach, Bugenvil inqilob armiyasi tuzildi. Qo‘shinga ushbu biznesda ishlagan Frensis One boshchilik qilgan. 1989-yilda konlar yopib qo‘yildi, One urushni to‘xtatdi, orol mustaqilligini e’lon qilib, o‘zi prezidentga aylandi. Ichki kurashlar esa davom etdi.

    Papua-Yangi Gvineya orolni qamal qilish bilan javob berdi. Bugenvilda inqiroz boshlandi, Onening atrofidagi kuchlar orolning muayyan qismini boshqarardi, qolgan hudud esa mahalliy qo‘mondonlarga bo‘ysunardi. Mustaqillik uchun urush ichki guruhlar to‘qnashuviga aylandi. Markaziy hukumat oroldagi nizolardan foydalanib, hududning asosiy qismi ustidan hukmronlikni o‘z qo‘liga oldi, separatistlarga qarshi ayovsiz kurash boshladi.

    1994-yilda Papua-Yangi Gvineya sobiq Tashqi ishlar vaziri Julius Chen bosh vazir lavozimini egalladi va oroldagilar bilan mustaqillik masalasini diplomatik yo‘l bilan hal etishga urindi. Inqilobchilarning kam sonli vakillari bilan kelishuvga erishildi, biroq hukumat bilan murosaga borishni istamagan muxoliflar kurashni davom ettiraverdi.

    Chen va uning atrofidagilar masalani harbiy yo‘l bilan hal etishga urindi, Birtaniyaning Sandline International xususiy harbiy kompaniyasi 36 million dollar evaziga vaziyatga aralashdi. Avstraliya matbuoti ushbu ma’lumot haqida yozgach, ko‘plab qo‘shni mamlakatlar, jumladan, Papua-Yangi Gvineyada noroziliklar vujudga keldi. Mahalliy harbiylar hukumatning ularga ishonchsizligidan norozi bo‘ldi. Yakunda Chen iste’fo berdi, undan keyin hukumat tepasiga kelgan Bill Skeyt oroldagi qo‘zg‘olonchilar bilan kelishib oldi.

    One boshqaruvidagi radikal guruhlarning qarshilik qilishiga qaramay fuqarolar urushi yakuniga yetdi. Urushga qadar Papua-Yangi Gvineyaning eng gullagan hududi hisoblangan orol davlatning eng katta muammosiga aylandi. Avstraliya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, urush oqibatida 20 ming nafar fuqaro halok bo‘lgan va bu orol aholisining 10 foizini tashkil etadi. Konservativ baholarga ko‘ra urushda ikki tomondan taxminan 2 ming nafar fuqaro qurbon bo‘lgan.

    Referendumning deyarli barcha ishtirokchilari Bugenvil mustaqilligi uchun ovoz berdi. Endi hududdagilar vaziyatga Xitoy aralashishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.

    2001-yilda imzolangan Tinchlik kelishuvi shartlaridan biri yigirma yil ichida orollar mustaqilligi bo‘yicha referendum o‘tkazish bo‘lgan. Referendum 23-noyabrdan 7-dekabrgacha bo‘lgan oraliqda o‘tkazildi. Ovoz berishda 88 foiz aholi vakili ishtirok etib, 98,3 foiz odam Papua-Yangi Gvineyadan ajralib chiqishga ovoz berdi.

    Biroq bu Bugenvil mustaqil bo‘lishini anglatmaydi. Orol hokimligi bu borada markaziy hukumat bilan kelishib olishi va ushbu kelishuv Papua-Yangi Gvineya parlamenti tomonidan tan olinishi lozim. Ekspertlar ushbu jarayonning katta muammolarga sabab bo‘lishini, sababi Bugenvil ko‘p millatli xalqqa ega davlatning boshqa hududlardagi norozilik keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.

    Referendum o‘tkazishdan avval hukumat aholi vakillari mustaqillik uchun ovoz bersa, mis rudalari qazib olinadigan konlar faoliyati qayta tiklanishini bildirgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, sababi endi mis eksportidan tushgan mablag‘ orolning o‘zida qolishi mumkin.

    Yangi zelandiyalik tadqiqotchi Anna Poulz geosiyosiy nuqtayi nazardan Xitoyning hududga ta’siri orolning mustaqil davlatga aylanishida asosiy omil bo‘ladi. XXR uchun mahalliy resurslardan foydalanish juda muhim, Tayvanga Chin yurti ta’sirining kamayishi Okeaniya mintaqasidagi geosiyosiy kurashni kuchaytirdi.

    17.12.2019, 03:34   Izoh (0)   16966
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sudanning hukumatdan ag‘darilgan 75 yoshli sobiq prezidenti 2 yilga qamaldi

    16.12.2019, 17:03

    Tramp Afg‘onistondan 4 ming nafar harbiylarni olib chiqib ketmoqchi

    16.12.2019, 12:57

    Moskvada politsiyachilar o‘z onasiga pichoq urgan o‘g‘ilni otib o‘ldirdi

    16.12.2019, 11:24

    AQSh ikki xitoylik diplomatni josuslikda ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi

    16.12.2019, 10:54

    Qozog‘iston prezidenti Olmaota shahri nomini o‘zgartirish taklifini qo‘llab-quvvatladi

    16.12.2019, 10:11

    Vladimir Zelenskiy: Rossiya Qrimni qaytarsa, Putin bilan yana 100 marta qo‘l berishib ko‘rishishga tayyorman

    14.12.2019, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti qaysi mablag‘lar hisobiga tashkil etilayotgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 12:08

    Agalarov Development: Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani uchun ekologik standartlarning yangi bosqichi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 12:00

    Devid Bekhem va Gari Oldman ritsarlik unvoniga sazovor bo‘lishdi

    Madaniyat | 17 iyun, 12:00

    Netanyaxu: “Xomanaiyning o‘ldirilishi Eron bilan ziddiyatga chek qo‘yadi”

    Dunyo | 17 iyun, 11:48

    Xonanda Sogdiananing onasi vafot etdi

    Musiqa | 17 iyun, 11:43

    O‘zbekistondagi ayrim dorixonalar 2,6 mlrd so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 11:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.