14-dekabr kuni “Qamchiq” dovoni hududida kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markaziga tayanib, FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” davoni hududida kuchli qor yog‘ishi, yo‘lning muzlashi, tuman tushishi, ko‘rish masofasi 50 metrgacha yomonlashishi, shuningdek, shamolning tezligi 15—20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yuqoridagi omillarni inobatga olgan holda yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratish so‘raladi:
- avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
- dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
- avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
- haydovchilarimizning “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirishlari va yo‘llarda to‘xtab dam olishlari;
- viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi.
Izoh (0)