Sankt-Peterburgdagi ko‘pqavatli uylardan birida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan o‘zbekistonlik erkak 8-qavatdan lift shaxtasiga tushib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Pavel Babarov prorabligida 5 nafar o‘zbekiston fuqarolaridan iborat ishchilar Aleksandr Nevskiy ko‘chasidagi ko‘pqavatli uylardan birida ta’mirlash ishlarini bajarayotgan bo‘lgan.
Ishchilar vaqti-vaqti bilan belgilangan qoidalarni buzib, mehnatni muhofaza qilish texnikasi qoidalariga har doim ham amal qilmagani aniqlangan.
Baxtsiz hodisa 25-aprel kuni sodir bo‘lgan. Texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan ishchilardan biri 8-qavatdan lift shaxtasiga tushib ketib, halok bo‘lgan. Prorab bu paytda ovqatlanayotgan bo‘lgan.
Qayd etilishicha, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishiga mas’ul bo‘lgan prorab sudga beriladi.
Izoh (0)