O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 24-noyabr kuni 4 nafar noma’lum shaxs O‘zbekiston fuqarosi F.X.ni kuch bilan avtomobilga chiqarib o‘rmonga olib borishgani, tan jarohati yetkazgani, qurol bilan tahdid qilib 36 ming rublni undirgan, so‘ng uni Lomonosov metrosiga tashlab kelgani to‘g‘risidagi xabarni tasdiqladi.
Mavzuga doir: Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkak mashinada olib ketilib, telefon parolini aytmaguncha qo‘yib yuborilmadi
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda mazkur holat bo‘yicha tergov ishlarini olib borayotgan tegishli organlar bilan aloqa o‘rnatgan.
Izoh (0)