• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Quvada gaz va elektrsiz qolgan aholi norozilik bildirib, yo‘lni to‘sdi

    Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi 30-noyabr kuni 18:00 da yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Bu haqda tuman IIBga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Tuman hokimi, IIB boshlig‘i, tuman gaz idorasi xodimlari, tuman elektr tarmoqlari rahbarlari aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muammolar shu kunning o‘zidayoq bartaraf etildi”, — deya ma’lum qilgan IIB vakillari.

    Xabar berishlaricha, gaz quvurining yorilib ketishi oqibatida gaz ta’minoti uzilib qolgan, oqibatda elektr energiyasi iste’moli oshib ketib, bu elektr ta’minotidagi uzilishlarga sabab bo‘lgan.

    Mavzuga doir: “MIB idorasida bor tok nega bizning uyda yo‘q?”. Aholi elektr uzilishlaridan charchaganini aytmoqda

    Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi “Gazeta.uz”ning so‘roviga asosan Farg‘ona viloyati, xususan Quva tumanida elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar bo‘layotgani yuzasidan izoh bergan.

    Korxona ma’lumotlariga ko‘ra, u har kuni 17,4 million kVt⋅s elektr energiyasi yetkazib bermoqda (joylardagi cheklovlar bilan), vaholanki, hudud uchun tasdiqlangan reja 16,6 million kVt⋅sni, elektr energiya ishlab chiqarish balansi esa 16,3 million kVt⋅sni tashkil etadi.

    Ayni vaqtda viloyatdagi iste’molchilarning kunlik ehtiyoji 20 million kVt⋅s deb baholangan.

    Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasiga elektr energiya ishlab chiqarishni 2,6 million kVt⋅sga oshirish zarurligi haqida taklif kiritgan. Korxona vakillarining qayd etishicha, mutaxassislar “elektr energiyaning sifatli ta’minotini ta’minlash maqsadida kun-u tun mehnat qilmoqda”.

    Quva tumani asosan 110 kV kuchlanishli “L-Quva”, shuningdek, 35 kV kuchlanishli “L-Navro‘z”, “L-Sharqiy Arsif”, “L-Soyguzar”, “L-Anor”, “L-Toshhovuz” va “L-BT” elektr uzatish havo liniyalari hisobidan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

    Sovuq kunlar boshlanishi bilan elektr energiya iste’moli oshadi. Korxona vakillarining ta’kidlashicha, energotizimning barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida joylardagi elektr uzatish liniyalarida cheklovlar joriy etiladi.

    Mavzuga doir: Samarqandda o‘quvchilar nega elektrsiz, sovuq maktablarda o‘qiyapti? Respublika energotizimi “bir maromda ishlashi kerak” bo‘lgani uchun

    30-noyabr kuni quyidagi liniyalarda elektr ta’minotining o‘chirilishi kuzatilgan:
    • “L-Quva” — soat 2:49 da o‘chirilgan, 4:08 da qayta ulangan; 1 soat 19 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Quva” — soat 7:15 da o‘chirilgan, 7:54 da qayta ulangan; 39 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Quva” — soat 9:40 da o‘chirilgan, 10:12 da qayta ulangan; 32 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Soyguzar” — soat 6:36 da o‘chirilgan, 8:00 da qayta ulangan; 1 soat 46 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Soyguzar” — soat 18:00 da o‘chirilgan, 19:00 da qayta ulangan; 1 soat elektr bo‘lmagan;
    • “L-BT” — soat 5:04 da o‘chirilgan, 6:10 da qayta ulangan; 1 soat 6 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-BT” — soat 17:05 da o‘chirilgan, 18:00 da qayta ulangan; 55 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Sharqiy Arsif” — soat 12:00 da o‘chirilgan, 13:30 da qayta ulangan; 1 soat 30 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Sharqiy Arsif” — soat 18:00 da o‘chirilgan, 19:00 da qayta ulangan; 1 soat elektr bo‘lmagan;
    • “L-Sharqiy Arsif” — soat 1:55 da o‘chirilgan, 4:10 da qayta ulangan; 2 soat 15 daqiqa elektr bo‘lmagan;
    • “L-Sharqiy Arsif” — soat 6:10 da o‘chirilgan, 6:35 da qayta ulangan; 25 daqiqa elektr bo‘lmagan.
    Eslatib o‘tamiz, 27-noyabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi energiya ta‘minotidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, soha mutasaddilarini keskin tanqid qilgan edi. Xususan, hatto metropoliten faoliyati va teleuzatishlar vaqtida ham elektr uzilib qolishini bosh vazir “sharmandali holat” deya ta’riflagan edi. Ushbu selektordan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston 1-dekabrdan boshlab Turkmanistondan elektr energiyasi import qilishi haqida xabar berildi.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda gaz va elektr uzilishlaridan charchagan aholi norozilik bildirib, ko‘chaga chiqdi
    • Sirdaryodagi “zapravka”da gaz berilmayotganidan norozi haydovchilar yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)
    • Nukusda odamlar hududni tabiiy gaz bilan ta’minlab berishni talab qilib, norozilik namoyishi o‘tkazdi (video)
    Avvalroq Farg‘ona viloyatida 2018-yil boshida tugatilgan nazorat postlari qayta tiklanayotgani haqida xabar berilgan edi.

    02.12.2019, 19:51   Izoh (0)   61523
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank 2020-yilda asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlar grafigini e’lon qildi

    02.12.2019, 19:36

    O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 2—o‘rinni qo‘lga kiritdi

    02.12.2019, 18:51

    O‘zbekistonda “Qizil kitob”ga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxs qidirilmoqda

    02.12.2019, 18:35

    Samara—Chimkent yo‘lida 74 nafar yo‘lovchisi bor avtobus YTHga uchradi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor

    02.12.2019, 18:04

    O‘zbekistonning ayrim hududlaridagi yo‘llarda postlar qayta tiklanmoqda. Ular saylovdan so‘ng olib tashlanadi

    02.12.2019, 18:04

    Farg‘onada Prezident buyrug‘i bilan olib tashlangan postlar faoliyati qayta tiklandi

    02.12.2019, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya G‘azoda ocharchilik xavfi ostida qolgan jurnalistlarini evakuatsiya qiladi

    Dunyo | 23 iyul, 14:50

    Farg‘onada bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan shifokor jazolandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:40

    Abbosbek Fayzullayevning “Bashakshehir”ga transferidan “Paxtakor” qancha foyda ko‘radi?

    Sport | 23 iyul, 14:30

    Rossiya dronlarini sinovdan o‘tkazish uchun bolalardan foydalanmoqda — The Guardian

    Dunyo | 23 iyul, 14:20

    Smartfon zaryadkasi uzoq vaqtga yetishi uchun eng oddiy usullar

    Maslahatlar | 23 iyul, 14:11

    Click’ning 49 foiz aksiyasini Qozog‘istonning Halyk Bank’i 176,4 mln dollarga sotib oladi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 14:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.