2-dekabr, dushanba kuni Samara-Chimkent yo‘lida 74 nafar yo‘lovchisi bor avtobus YTHga uchradi. “Zakon.kz”ning xabar berishicha, hodisa oqibatida 2 kishi jabrlangan.
Avtohalokat Qizilo‘rda viloyatining Sijjak qishlog‘i yaqinida, 1 311 kilometr masofada sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Neoplan avtobusi haydovchisi tezlikni oshirgan va oraliq masofani saqlamasdan oldinda ketayotgan DAF yuk mashinasiga to‘qnashgan.
Qayd etilishicha, avtobusda bo‘lgan o‘zbekstonlik va tojikistonliklardan iborat 72 fuqaro evakuatsiya qilingan va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga doir: Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 50 nafar yo‘lovchini avtobusdagi yong‘indan qutqarib qoldi
Yuz bergan YTHning batafsil tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)