2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishlari grafigi e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, 2020-yilda qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqish yuzasidan Markaziy bank boshqaruvining yig‘ilishi quyidagi grafik asosida o‘tkaziladi:
16-yanvar;5-mart;23-aprel;11-iyun;23-iyul;10-sentabr;22-oktabr;10-dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 16-yanvar, 23-aprel, 23-iyul va 22-oktabrdagi boshqaruv yig‘ilishlari natijalari bo‘yicha Markaziy bank rahbariyati brifingi o‘tkaziladi hamda pul-kredit siyosati sharhi e’lon qilinadi.
Izoh (0)