• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Rossiyalikka aylangan 14 ming o‘zbekistonlik, Sergeli nomini o‘zgartirish taklifi, dollarning sal-pal qadrsizlanishi

    O‘zbekistonda havo hafta davomida quyoshli va sovuq bo‘ladi. 26-noyabr, seshanba kunidan boshlab havo harorati ayniqsa kechasi keskin sovishi, -8 darajagacha, ayrim joylarda hatto -12 darajagacha sovishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining haydovchilarga murojaati bilan tanishish foydadan xoli emas. Sirpanchiq yo‘llarda ehtiyot bo‘ling!

    Jizzaxda 15 yoshli (9-sinfda) o‘quvchi qiz ona bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Endi u o‘qiydigan maktab ma’muriyati ishonish qiyin bo‘lgan gaplarni aytyapti: tibbiy ko‘riklar vaqtida hammasi joyida bo‘lganmish, o‘qituvchilar uning homiladorligini bildiradigan birorta belgini sezishmaganmish (qanday qilib sezmaslik mumkin ekan-a, tavba?). Maktab direktori o‘rinbosarining aytishicha (uning gaplariga ishonmaslik uchun esa sabab yo‘q), qiz namunali o‘quvchilardan biri bo‘lgan. “Bu holat zo‘ravonlik oqibati, deb o‘ylayman”, — debdi u.

    O‘zbekistonda Chevrolet Equinox’ning dastlabki suratlari paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, yangi model O‘zbekistonda 2020 yil ikkinchi choragi — aprel—iyun oylarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning narxi Chevrolet Trailblazer’nikidan (taxminan 38 ming dollar) pastroq, biroq Chevrolet Malibu’nikidan (taxminan 29—34 ming dollar)dan sal yuqoriroq bo‘lishi kutilmoqda. O‘zi, umuman olganda, shu Malibu’ning sal kattaroq, balandroq va universal versiyasi, deyishyapti. UzAuto Motors yangi arzon avtomobillarni qachon chiqarishi haqida hozircha xat-xabar yo‘q.

    Ishkallar. Toshkentda militsiya va Milliy gvardiya xodimlari bir qizni bazo‘r, deyarli sudrab olib ketayotgani aks etgan video tarqalgan edi — videodagi qiz bungacha fohishalik bilan shug‘ullangani va militsiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani uchun 18 marta (!) javobgarlikka tortilgan ekan. Rossiyada tarqalgan ikkita video ham e’tibor markazida: birida bokschi Hasanboy Do‘smatov chechen politsiyasi boshliqlaridan birini bir urib, nokaut qilgani taxmin qilingandi, lekin videodagi mushtumzo‘r Hasanboy emas ekan; ikkinchi video esa, afsuski, o‘zbeklar va qirg‘izlar mushtlashuvi haqida. Qani endi shunday voqealar umuman bo‘lmasa!..

    Fojialar. Buxoroda yuz bergan YTH oqibatida er-xotin vafot etdi, Rossiyaning Orenburgida sodir bo‘lgan avariya esa to‘rt o‘zbekistonlikni hayotdan olib ketdi. Rossiyaga ishlash uchun kelganiga endi besh kun bo‘lgan yana bir o‘zbekistonlik is gazidan bo‘g‘ilib o‘lgan bo‘lsa, Andijon va Toshkent viloyatlarida bir kunda olti kishi is gazidan zaharlandi (ne baxtki, ularning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan). Samarqandda esa bir tadbirkor sheriklari bilan birga boshqa bir tadbirkorni o‘ldirib qo‘ydi.

    Otabek Umarov (chapda) va Oybek Tursunov.

    Otabek Umarov (chapda) va Oybek Tursunov.
    Foto: Intagram / @otabek_muhammadalievich

    Prezident oilasining ijtimoiy tarmoqlardagi eng faol vakili — Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov bugun jamoatchilik uchun yana bir ma’lumotni ulashdi: bojasi Oybek Tursunov 24-noyabr kuni tavallud kunini nishonladi (to‘ng‘ich kuyov necha yoshga to‘lgani ma’lum emas). Avvalroq, 4-noyabr kuni Otabek Umarov bojasining rafiqasi Saida Mirziyoyevani, 8-avgust kuni o‘z rafiqasi Shahnoza Mirziyoyevani, 1-avgustda o‘z onasini tavallud kunlari bilan qutlagan edi. 28-oktabrda esa oila qurganliklariga 12 yil to‘lgani munosabati bilan Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva bir-birlarini tabriklashgan edi (aytmoqchi, Otabek Umarov 17-sentabrda to‘ng‘ich qizi Ma’rifatxonni 11 yoshga to‘lgani bilan, 29-oktabrda esa kenja qizi Raniyani ham tug‘ilgan bilan kuni tabriklagan).

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar? Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi pasaydi. 2019-yilning to‘qqiz oyida salkam 14 ming o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi. Senat Samarqand shahri va tumani chegarasi o‘zgartirishga doir hujjatni qabul qiladi. Yunusoboddan deputatlikka nomzod Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi. Andijon viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. O‘zbekiston Osiyodagi eng boy tarixiy merosga ega mamlakat deb tan olindi, aftidan, shu bois shekilli, Race Across the World realiti-shousining navbatdagi epizodlari aynan O‘zbekistonda tasvirga olinmoqda. Va yana bir qiziq xabar — “Paxtakor” stadioni buziladi va uning o‘rnida yangisi quriladi. Buzilmagan yana nima qoldi o‘zi Toshkentda?

    Jahonda-chi? Shifokorlar Assanj turmada o‘lishi mumkinligidan xavotirda. AQSh senatori armanlar ommaviy qirg‘ini haqidagi rezolyutsiya bloklanganini ma’lum qildi. Gonkongda tuman kengashlariga saylovlarda muxolifat qariyb 90 foiz ovoz oldi. Kongoda samolyot qulashi oqibatida salkam 30 kishi halok bo‘ldi. Eron hukumati norozilik namoyishlaridagi fitnachilar orasida IShID a’zolari borligini ma’lum qildi.

    25.11.2019, 20:30   Izoh (0)   55906
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi Qonunchilik palatasiga kiritildi

    25.11.2019, 20:12

    Tatariston prezidenti Samarqandga keldi

    25.11.2019, 19:56

    Yunusoboddan deputatlikka nomzod Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi

    25.11.2019, 19:41

    Toshkent markazidagi yerosti karaoke-klubi 1,4 mlrd so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yildi

    25.11.2019, 19:25

    Buxoroda yuk mashinasi er-xotinni urib yubordi. Ular vafot etdi

    25.11.2019, 19:11

    Samarqandda hamkasbini kaltaklab o‘ldirgan tadbirkor va uning sheriklari qo‘lga olindi

    25.11.2019, 18:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.