Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixonov 25-noyabr, dushanba kuni Samarqand shahriga keldi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Yuqori martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib olgan. Rustam Minnixonov shu yerdan O‘zbekistondagi tatar millati jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvga jo‘nab ketgan.
Avvalroq Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov noyabr oxirida ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi, tashrif doirasida O‘zbekiston hukumatida, shuningdek, bir qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Rustam Minnixonov Samarqandga so‘nggi marta 2017-yilning sentabrida tashrif buyurgan.
Izoh (0)