MIB Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi Toshkent markazidagi yerosti karaoke-klubini sotuvga qo‘ydi.
Mazkur obyekt 221 kvadrat metr maydonni egallagan, 12 ta xonasi bor.
Fotolarga ko‘ra, bu Shahrisabz ko‘chasidagi TATA Club bo‘lib, lot fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning joriy yil sentabridagi qarori bilan savdoga chiqarilgan.
Lotning boshlang‘ich bahosi 1,4 milliard so‘m, zakolat puli summasi esa 70 million so‘m. Talabnomalar 7-dekabrgacha qabul qilinadi, savdolar esa 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)