“Adolat” SDP markaziy kengashi Toshkent shahar Yunusobod tumani “Minor” 50-okrugidan deputatlikka nomzod Rustam Umarov Sergeli tumanining nomini o‘zgartirishni taklif qildi, deb yozadi O‘zA.
Nomzodning fikricha, tumanning atalishi asl nomidan uzoqlashib, o‘zgarib ketgan. Ya’ni Sirg‘ali emas, Sergeli deb yuritilmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari ham tuman nomini aksariyat hollarda Sergeli deb atashi, avtobus va plakatlarda ham Sergeli deb yozilishi xato sanalib, o‘zgartirishga asos deb bilmoqda.
Nomzod mana shu kamchiliklarni inobatga olib, tuman nomida yangicha dunyoqarash va o‘zgarishlarning negizi bo‘lishi kerak, degan fikrni ilgari surgan.
“Sergeli — asli Sirg‘ali ota tumanining nomi ruslashib ketgan. Tuman nomini o‘zgartirishni va zamonaviy davrga munosib nom berishni taklif etaman. Prezidentimiz tashabbusi va shijoatlarini inobatga olib, yelkadosh bo‘lish har birimizning vatan ravnaqi yo‘lidagi majburiyatimizdir. Shunday ekan, zamonaviy yoshlarimizning kelajagi va ona tilimizni sof holda saqlash maqsadida ushbu tumanga Istiqbol deya nom berishni maqsadga muvofiq deb bilaman”, — deydi nomzod o‘z taklifida.
Izoh (0)