20-noyabr, chorshanba kuni soat 03:40 atrofida Samarqand shahri, Beruniy ko‘chasida tadbirkor D.M. va uning 2 nafar sherigi boshqa bir tadbirkor — I.M. bilan o‘zaro janjallashib, qo‘l va oyoqlari bilan tanasining turli qismlariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur hodisa oqibatida I.M. olgan tan jarohatlari tufayli 23-noyabr, shanba kuni shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB tomonidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
D.M. va uning 2 nafar sherigi protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)