Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

24-noyabrda Gonkongdagi 18 ta tumanda o‘tgan hududiy kengashlar deputatligi uchun saylovlarda muxolifat vakillari ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu haqda RTHK radiostansiyasiga asoslanib “TASS” xabar berdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra demokratik lager nomzodlari 452 tadan 396 o‘rinni (qariyb 90 foiz) egallagan.

Foto: AP

Foto: AP

Avval tuman kengashlarida 75 foizni egallagan hukmron blok esa saylovlardagi yirik mag‘lubiyatga uchragan.

Saylovlarda fuqarolarning ishtiroki to‘rt yil avval o‘tgan saylovlardagiga nisbatan rekord natija qayd etilgan ya’ni avval 47 foiz saylovchi ishtirok etgan bo‘sa endi bu ko‘rsatkich 73 foizni tashkil etmoqda.

Garchi saylovlar natijasi Gonkongdagi siyosiy tizimni o‘zgartira olmasa ham aholining demokratik harakat g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi.

Ovoz berish jarayonida ortiqcha qoidabuzarliklar qayd etilmagan. Jamoat tartibini saqlash uchun Gonkongdagi deyarli barcha politsiyachilar – 31 ming nafar huquq-tartibot xodimi jalb qilingan. Biroq norozilik namoyishlari va hukumatga qarshi bo‘lganlarning to‘palonlari kuzatilmagan. Shaharda hotirjamlik hukmron va bu avval kechiktirilishi mumkin bo‘lgan saylovlarning o‘z vaqtida o‘tishiga zamin hozirlagan.

Saylovlar jami 600 ta saylov uchastkasida o‘tgan. 4,1 million fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan saylovlarga ovoz berish uchun 2,94 million saylovchi ishtirok etgan. 1090 nafar nomzod, hududiy kengashlardagi 479 o‘rinnign 452 tasi uchun kurash olib borgan. Ushbu o‘rinlarni egallagan deputatlar siyosiya qarorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsata olmaydi va asosan transport, ekologiya, tumanlarni obodonlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Lekin tuman kengashlarining 117 nafar deputati Gonkong administratsiyasini saylaydigan 1,2 ming a’zolar orasida turadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan