Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi doirasida yana bir jang yakuniga yetdi.
Super og‘ir vazn toifasida oktagonga chiqqan O‘zbekiston vakili Amin Ergashev belaruslik Sergey Alekseyevichga qarshi bahs olib bordi. Birinchi raundning 11-soniyasida Ergashev kuchli zarba qabul qilib oldi va hakam nokaut qayd etgan holda jangni to‘xtatdi.
Avvalroq Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumayev muddatidan avval raqiblarini taslim etgan, shuningdek, Avliyoxon Hamidov braziliyalik jangchini ochkolar hisobida yengandi. Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibini texnik nokautga uchratdi. Jamshid Rahmonaliyev esa surinamlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)