MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi janglarid 23-noyabr, shanba kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, bu MMA bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ilk musobaqa hisoblanadi. Humo Arena mezbonlik qiladigan musobaqa 18:00 da boshlanadi. Janglar Sport-TV hamda Zo‘r-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
GFC 20 musobaqasi doirasida 12 ta jang o‘tkaziladi. Unda bir nechta o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. 22-noyabr kuni sportchilar tarozidan o‘tdi.
Janglar bilan tanishing:
- Jafar Ismiyev (Ozarbayjon) (70,3 kg) — Ahliddin Mirzadavlatov (O‘zbekiston) (70,3 kg)
- Devid Som (Fransiya) (69,5 kg) — Jahongir Jumayev (O‘zbekiston) (70,3 kg)
- Luiz Filyo (Braziliya) (61,2 kg) — Avliyoxon Hamidov (61,2 kg) (O‘zbekiston)
- Klodoaldo Lima (Braziliya) (69,2 kg) — Makkasharip Zaynukov (Rossiya) (70,3 kg)
- Klayd Brunsvik (Surinam) (90,5 kg) — Jamshid Rahmonaliyev (O‘zbekiston) (91,8 kg)
- Italo Gomes (Braziliya) (65,8 kg) — Marat Magomedov (Rossiya) (65,8 kg)
- Artyom Shokalo (Ukraina) (83,9 kg) — Nursulton Ro‘ziboyev (O‘zbekiston) (83,9 kg)
- Kristian Brinzan (Italiya) (76,9 kg) — Saygid Izagahmayev (Rossiya) (77,1 kg)
- Sergey Alekseyevich (Belorussiya) (93,6 kg) — Amin Ergashev (O‘zbekiston) (110,1 kg)
- Ivitsa Trussek (Xorvatiya) (70,3 kg) — Shamil Zavurov (Rossiya) (70,3 kg)
- Aladin Ben Xalim (Tunis) (100,6 kg) — Muzaffar Rajabov (O‘zbekiston) (103 kg)
- Brayan Gonsalez (Argentina) (61,2 kg) — Umar Nurmagomedov (Rossiya) (61,2 kg).
Izoh (0)