Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi doirasida yana bir jang yakuniga yetdi.
61,2 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Avliyoxon Hamidov braziliyalik Luiz Filyo bilan jang o‘tkazdi. Uch raund davom etgan bahsda Hamidov ochkolar hisobida raqibidan ustun keldi. Hakamlar bir ovozdan Avliyoxonni g‘olib deb topdi.
Avvalroq Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumayev muddatidan avval raqiblarini taslim etgandi.
Izoh (0)