O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov jarohat oldi.
“Rubin” Rossiya chempionati 17-turi doirasida “Zenit”ni o‘z maydonida qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi.
Qozonliklar safida o‘yinning so‘nggi daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov zaxiradan maydonda tushirildi. Futbolchi maydonda 13 daqiqani o‘tkazgan. “RIA Novosti”ning ma’lum qilishicha, Denisov o‘ng oyog‘idan jarohat olgani sababli bahsdan so‘ng shifoxonaga olib ketilgan.
Hozircha “Rubin” matbuot xizmati Denisovning jarohati haqida ma’lumot taqdim etgani yo‘q. Vitaliy joriy mavsum “Rubin” safida Rossiya chempionati doirasida sakkizta o‘yinda qatnashdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)