Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi doirasida yana bir jang yakuniga yetdi.
93 kilogammgacha bo‘lgan vazn toifasida oktagonga chiqqan o‘zbekistonlik Jamshid Rahmonaliyev Surinam vakili Klayd Brunsvik bilan jang olib bordi. Dastlabki raundni Rahmonaliyev ustunlikka erishgan holda yakunlagandi. Biroq ikkinchi besh daqiqalik boshida Brunsvik kuchli zarba bilan Jamshidni nokautga uchratdi.
Avvalroq Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumayev muddatidan avval raqiblarini taslim etgan, shuningdek, Avliyoxon Hamidov braziliyalik jangchini ochkolar hisobida yengandi.
Izoh (0)