Toshkent mezbonlik qilayotgan MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi doirasida yana bir jang yakuniga yetdi.
90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik Artyom Shokaloga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Ikki raundda Ro‘ziboyev ustunlikka ega bo‘ldi. Uchinchi raund avvalida ukrainalik yakkakurashchining murabbiylari jangni to‘xtatishni so‘radi. Natijada Nursulton texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Avvalroq Ahliddin Mirzadavlatov va Jahongir Jumayev muddatidan avval raqiblarini taslim etgan, shuningdek, Avliyoxon Hamidov braziliyalik jangchini ochkolar hisobida yengandi. Jamshid Rahmonaliyev esa surinamlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)