Pokiston TAPI Pipeline Company Ltd (TPCL) bilan gaz narxini tushirishni kelishib olmoqchi, deb xabar berdi “Xronika Turkmenistana”.
“Biz TAPI gaz quvuri orqali yetkazib beriladigan gaz narxini raqobatbardosh bo‘lishini istardik. TPCL bilan Pokistonga eksport qilinadigan gaz narxini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda”, — deya ta’kidlagan ismini oshkor etmagan Pokiston neft sektori vakillaridan biri.
Xabarlarga ko‘ra, Pokiston qurilishning birinchi bosqichini 30 oy ichida amalga oshirmoqchi. Ushbu davr mobaynida 5—6 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan gaz quvuri qurib bitkaziladi. Qurilishning ikkinchi bosiqichida umumiy qiymati taxminan 2 milliard dollar bo‘lgan gazkompress stansiyalari quriladi.
Mavzuga doir: Gurbanguli Berdimuhammedov TAPI gaz quvuri sabab mamlakat bosh vaziri o‘rinbosariga qattiq hayfsan berdi
Ayni vaqtda Turkmaniston hamda Afg‘oniston hududlarida TAPI gaz quvurining qurilishi boshlangan. Oktabr boshida Afg‘oniston iqtisodiyot vaziri Mustafo Mastor TAPI gaz quvuri bunyod qilinishi uchun 9—12 milliard dollar kerakligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)