Olimlar yer yuzida qazib olingan barcha oltinni hisob-kitob qilib chiqdi. Bu haqda Butunjahon oltin kengashi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yil oxiri holatiga ko‘ra dunyo miqyosida qazib olingan oltin hajmi 190 040 tonnani tashkil etgan. Bunga barcha tarixiy tilla artefaktlar ham kiritilgan.
Olimlar ushbu hajmning uchdan ikki qismi 1950-yildan so‘ng qazib olinganini ta’kidlamoqda.
Ma’lumot uchun, qimmatbaho metallning deyarli yarmi — 47,7 foizi zargarlik buyumlari uchun ishlatiladi.
Izoh (0)