Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Islom Karimov ko‘chasida 12-oktabr kuni soat 21:00 da Matiz va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Matiz haydovchisi 37 yoshli Bunyod Yu. 14 yoshli o‘smir yo‘lni belgilanmagan joyidan velosipedda kesib o‘tayotgan vaqtda, uni urib yuborgan. YTH natijasida 14 yoshli Islom T. tan jarohatlari olib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.
Izoh (0)