Jizzax viloyatida yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqishga urinish fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bojxonachilar “Qo‘shkent” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan xorijiy fuqaro I.E. boshqaruvidagi Opel Astra mashinasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazgan.
Natijada ushbu shaxs deklaratsiyada ko‘rsatmasdan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmasdan, avtomashinasida 100 500 dollarni yashirgan holda qo‘shni mamlakatga olib chiqib ketayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)