Germaniyaning Frankfurt aeroportida manyovr chog‘ida ikki yo‘lovchi samolyoti to‘qnashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Janubiy Koreyaning Boeing 777 havo kemasi Air Namibia samolyoti bilan qo‘ngandan so‘ng to‘qnash kelgan. Bu payt ikkinchi samolyot yerda kichik tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
Koreya samolyotida gorizontal stabilizator shikastlangan, Namibiya samolyotining qanotiga biroz shikast yetgan. Seulga qaytib ketishi lozim bo‘lgan Boeing 777 hodisadan so‘ng parvoz qilolmadi va yo‘lovchilarga mehmonxonada qolish taklif etildi.
Izoh (0)